platina.uz
Jamiyat

Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami yuborilmoqda

Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami yuborilmoqda
Turkiyaning janubi-sharqiy qismidagi viloyatlarda 6 fevral kuni Turkiya vaqti bilan soat 04:17 da 7,8 magnitudali zilzila sodir boʻlgani haqida xabar berilgandi. Yuz bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab odamlar qurbon boʻlgan, jiddiy jarohatlar olgan va katta talafotlar koʻrgan. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik yoʻlladi. Qardosh Turkiya yetakchisi va xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi. Shuningdek, Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan qardosh Turkiya davlatiga insonparvarlik yordami va zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, 60 nafar FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi yuborilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid