platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston hududlarida kuchli zilzilalar sodir boʻlish ehtimoli mavjud emas — FVV

Oʻzbekiston hududlarida kuchli zilzilalar sodir boʻlish ehtimoli mavjud emas — FVV
Joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya Respublikasida sodir boʻlgan zilzilalar aholi oʻrtasida turli sarosimalar yuzaga kelishiga sabab boʻlmoqda. Bu oʻz navbatida, mamlakatimiz hududida seysmogen holat, bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aholiga xolis va ishonchli maʼlumotlar taqdim etishni taqozo qiladi. Qayd etish kerakki, Turkiya hududi seysmik faol zonada joylashgan boʻlib, zilzilalar aynan mazkur seysmogen zonalarda sodir boʻlmoqda. Bugungi kunda respublikamizda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida Seysmik vaziyatni baholash va kelgusidagi seysmik vaziyatni prognoz qilish boʻyicha Idoralararo ekspert komissiyasi faoliyat yuritadi. Mazkur Idoralararo ekspert komissiyasi har hafta boʻyicha Respublika va unga chegaradosh hududlarda zilzila sodir boʻlish ehtimolligini kompleks-prognostik kuzatuv natijalariga asosan baholaydi. Hozirgi kunda zilzilalarni prognoz qilish sohasida seysmometrik, geofizik, magnitometrik va gidrogeoseysmologik kuzatuvlar olib boriladi. Olingan kuzatuv maʼlumotlari natijalariga asosan Idoralararo ekspert komissiyasining 2023 yil 3 fevraldagi 5-sonli bayoni xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston va unga chegaradosh hududlarda magnitudasi M≥5 boʻlgan zilzilalar darakchilari aniqlanmagan hamda kuchli zilzilalar sodir boʻlish ehtimoli mavjud emasligi maʼlum qilinadi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid