platina.uz
Jamiyat

Samarqandda bankomatni oʻgʻrilab ketgan shaxslar qamoqqa olindi

Samarqandda bankomatni oʻgʻrilab ketgan shaxslar qamoqqa olindi
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida ichida 720 mln soʻm boʻlgan bankomatni oʻgʻrilab ketgan 4 erkak ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 25 yanvar kuni E. T. «102» qisqa raqamga qoʻngʻiroq qilib, Kattaqoʻrgʻon tumani Alisher Navoiy mahallasi Navoiy koʻchasida oʻrnatilgan bankomat shoxobchasidan nomaʼlum shaxslar tomonidan bankomat qurilmasi oʻgʻrilab ketilganini bildirgan. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida «Tavaron» mahallasi hududidagi tashlandiq joydan oʻgʻrilangan bankomat apparati boʻlaklarga boʻlingan holda topilgan. Ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularni qidirib topish boʻyicha olib borilgan surishtiruvlar davomida mazkur jinoyatni 29 yoshli X. O., 28 yoshli B. A., 25 yoshli O. Z. va 29 yoshli B. N. sodir etganligi aniqlangan. Hozirda ushbu shaxslar qoʻlga olinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid