platina.uz
Jamiyat

Nukus voqealari boʻyicha sudlangan Poʻlat Shamshetov vafot etdi

Nukus voqealari boʻyicha sudlangan Poʻlat Shamshetov vafot etdi
Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan shaxslardan biri Poʻlat Shamshetov kecha tongda tergov hibsxonasida yurak xurujidan vafot etgani boʻyicha xabarlar tarqaldi. Mazkur holat boʻyicha Mustaqil komissiya aʼzolari joriy yilning 6 fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, oʻlim holati sabablarini, jumladan hibsxonadagi sharoitlar, kamera yozuvlari, dastlabki tibbiy hulosa va boshqa tegishli hujjatlarni oʻrganishadi. Shuningdek, marhum bilan bitta kamerada boʻlgan shaxslar va tergov hibsxonasi xodimlari bilan suhbat oʻtkaziladi. Oʻrganish natijalari haqida jamoatchilik xabardor qilinishi maʼlum qilinadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining sobiq boʻlim boshligʻi, marhum Poʻlat Shamshetov odamlarni ommaviy tartibsizliklarga chaqirgani va oʻzi ham namoyishlarda faol ishtirok etgani uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
"Marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga Komissiya aʼzolari nomidan taʼziya izhor etamiz", - deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid