platina.uz
Jamiyat

"Gʻalaba – Xayraton" temir yoʻli qachon ochilishiga aniqlik kiritildi

"Gʻalaba – Xayraton" temir yoʻli qachon ochilishiga aniqlik kiritildi
Ijtimoiy tarmoqlarda "Hayraton – Mozori Sharif" temiryoʻlini boshqarish huquqi Qozogʻistonning "Mansur Fatih" kompaniyasi ixtiyoriga oʻtgani uchun Oʻzbekistondan Afgʻonistonga yuklarni tashish toʻxtatilganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" Afgʻonistonga yuklarni tashish toʻxtatilganligiga izoh berdi.
2022 yil dekabr oyida Afgʻonistonning maxsus komissiyasi bilan koʻrib chiqilib, kelishilgan “Sogdiana trans” ShK va Afgʻoniston temir yoʻllari oʻrtasidagi yangi shartnoma shartlarini Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasi rahbari tomonidan yangitdan sharhlanishi va bunda OAVda notoʻgʻri maʼlumot tarqatilayotgani tushunarsiz vaziyatni yuzaga keltirmoqda.
Afgʻoniston tomonidan Xayraton stansiyasida amalga oshirishi lozim boʻlgan texnik ishlarini, oʻzlari tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshira olmagani toʻgʻrisida xech qanday tushuntirish berilmayapti. Xayraton stansiyasiga yetkazib berilgan vagonlarni boʻshatish va qaytarish ishlarini tashkil etish uchun Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi “Mansor Fateh” kompaniyasini bilan shartnoma imzolagani toʻgʻrisida maʼlumot tarqatilgan edi. Afsuski, ushbu tashkilot 31 yanvarga qadar Xayraton stansiyasida kelishilgan muddatda ishlarni tashkillishtirishga ulgurmagan. Bundan tashqari “Sogdiana trans” ShK tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, ularni qoʻllab quvvatlash maqsadida vaqtinchalik avtomobil transporti orqali yuklar tashuvini tashkillashtirishda yordam berishiga qaramay, qoʻshni davlat tomoni tadbirkorlarga yuklarni avtomobil transporti orqali tashimaslik toʻgʻrisida tavsiya berayotgani xaqida maʼlumotlar kelmoqda. Shu bilan birga, Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi rahbariyatining iltimosiga koʻra keyingi xafta boshida Termiz shahrida Afgʻonistonga temir yoʻl orqali yuklarni tashishni tashkil etish, Xayraton stansiyasiga yetkazib berish va olib chiqishni tashkil etish boʻyicha “Sogdiana trans” ShK va Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi oʻrtasida yangi shartnoma imzolanishi rejalashtirilmoqda. Shartnoma imzolangan kundan boshlab Gʻalaba – Xayraton temir yoʻli ochilishi haqidagi yangiliklarni maʼlum qilamiz, deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid