platina.uz
Jamiyat

Toshkentda bola oʻgʻrilari paydo boʻlgani haqidagi xabar rad etildi

Toshkentda bola oʻgʻrilari paydo boʻlgani haqidagi xabar rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda goʻyoki maktab oʻquvchilarini oʻgʻirlashmoqchi boʻlishayotganligi haqida asossiz xabarlar tarqalmoqda. Ichki ishlar vazirligi holatga oʻz munosabatini bildirdi. Maʼlum qilinishicha, 1 fevral kuni Shayxontohur tumanida 113-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi F.N. boshqaruvidagi avtomashinaga 132-sonli maktab oʻquvchilari G.B. va S.N. lar yerdagi muz boʻlagini tepgan. Shundan soʻng 11-sinf oʻquvchilari muz boʻlagini tepgan bolalarni ichki ishlarga olib boramiz deb ularni ogʻzaki qoʻrqitishgan. Bolalar boshqa bunday qilmasligini aytib uyiga ketishgan. Hozirgi vaqtda bolalar sogʻ-salomat ota-onasi bagʻrida. Avtomashinani boshqarish huquqi boʻlmagan maktab oʻquvchilarining ota-onasi bilan birga huquqbuzarlikka yoʻl qoʻymaslik yuzasidan profilaktik suhbat oʻtkazilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid