platina.uz
Jahon

Qirgʻizistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi

Qirgʻizistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Qirgʻizistonda yanvar oyida 9 kishi “Seftriakson” tufayli anafilaktik shokga (allergik reaksiya) uchradi, ulardan biri vafot etdi. Bu haqda respublika Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib, “AKIpress” xabar berdi. Allergik reaksiyalar Hindiston, Oʻzbekiston, Britaniya, Xitoy, Misr, Turkiya, Rossiyaning “Seftriakson” preparatiga nisbatan kuzatilgan. Beshta holatda uyga tashrif buyurgan hamshira bemorni anamnez tekshiruvi, tibbiyot xodimlar koʻrikigidan oʻtkazmay preparatni qoʻllagani aniqlangan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, anafilaktik shok bilan kasallanishning koʻpayishi tendensiyasi mavjud boʻlib, bu antibakterial preparatlarni nazoratsiz, mantiqsiz qoʻllash natijasi boʻlishi mumkin. Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, parenteral yuborish qatʼiy shifokor nazorati ostida va faqat sogʻliqni saqlash tashkilotlarining davolash xonalarida amalga oshirilishi kerak.
“Anafilaktik shok koʻrinishidagi nojoʻya reaksiyalarning yuqori chastotasi, zoʻravonligi va bir zumda rivojlanishiga eʼtibor qaratish lozim. Antibakterial preparatlar qatʼiy ravishda retsept boʻyicha chiqarilishi kerak. Dori-darmonlar departamenti har qanday shubhali yon taʼsir haqida xabar berishni soʻraydi", - deyiladi Qirgʻiziston SSV bayonotida.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid