platina.uz
Tahlil

Namanganda aholining bir tibbiyot muassasasi mansabdorlariga oid ochiqlagan maʼlumotlaridan korrupsiyaning hidi kelayotgandek

Namanganda aholining bir tibbiyot muassasasi mansabdorlariga oid ochiqlagan maʼlumotlaridan korrupsiyaning hidi kelayotgandek
Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Namangan viloyatida jurnalist va blogerlar hamda aholi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv chogʻida aholi vakillarining Uychi tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi mansabdorlarining xatti-harakatlariga oid ochiqlagan maʼlumotlaridan esa korrupsiyaning hidi kelyapti. Yaʼni vazir bilan muloqot chogʻida aholi viloyatning Uychi tumani koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi mansabdorlarining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirgan. Xususan, aholi vakillaridan biri mazkur tibbiyot muassasasidagi mansabdorlarning qilmishlarini qoʻl telefoniga muhrlangan dalillar bilan Sogʻliqni saqlash vaziriga ochiqlagan. Vazirlik matbuot xizmati esa Sogʻliqni saqlash vaziri esa odamlarni qiynayotgan muammolarni eshitib, ularni joyida hal qilish choralarini koʻrganini maʼlum qildi. Mazkur jarayon muhrlangan videohavolada esa Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov aholi vakillarining ochiqlagan maʼlumotlariga javoban “Vallomati boʻlsa ham ishdan ketadi” deya munosabat bildirgan. Voqealar rivojini kuzatamiz, tez orada mazkur holatga oid muhim maʼlumotlar chiqib qolsa ajabmas.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid