platina.uz
Jamiyat

DXX uchta viloyatda katta miqdordagi narkotikni musodara qildi

DXX uchta viloyatda katta miqdordagi narkotikni musodara qildi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Fargʻona, Andijon va Samarqand viloyatlarida narkotik moddalarni musodara qildi Maʼlum qilinishicha, Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi, 1993 y.t. fuqaro oʻzining jinoiy sherigi boʻlgan, Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1969 y.t. shaxs bilan, muqaddam tojikistonlik narkokurʼerlar tomonidan kontrabanda yoʻli bilan olib kelinib, Namangan viloyatining Pop tumani hududiga yashirib ketilgan 1 kg 841 gr. “gashish” moddasini qabul qilib olib, yoʻlovchi avtomashinada Oltiariq tumanida harakatlanayotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi. Mazkur fuqarolar muqaddam sodir etgan oʻgʻirlik jinoyatlari uchun sudlanib, jazo muddatini oʻtagan boʻlsalarda, oʻz xatolaridan toʻgʻri xulosa chiqarishmagan. DXX xodimlari tomonidan viloyat IIB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Margʻilon shahrida yashovchi, 1975 y.t. fuqaro Qirgʻiz Respublikasidan olib kelingan 964 gr. “gashish” moddasini 8 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, DXX Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari ham viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazishdi. Xususan, Buloqboshi tumanida yashovchi, 1996 va 1998 yillarda tugʻilgan ikki fuqaro Xoʻjaobod tumanida 630 gr. “gashish” moddasini 5800 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ushbu holatda ajal ogʻusi Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali Xoʻjaobod tumani hududiga oʻtkazilgan. Samarqand shahrida kuzatilgan holatda esa Toyloq tumanida yashovchi, 1961 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan fuqaro 352 gr. “opiy” moddasini 5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo va Samarqand viloyatlari boʻyicha boshqarmalari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Tojikiston Respublikasidan olib kelingan. Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid