platina.uz
Jamiyat

Voyaga yetmaganlarga nisbatan zoʻravonlik uchun jazo chorasi kuchaytirilishi mumkin

Voyaga yetmaganlarga nisbatan zoʻravonlik uchun jazo chorasi kuchaytirilishi mumkin
Oʻzbekistonda nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish (118, 119-moddalar), shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish (121-modda), 16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish (128-modda), 16 yoshga toʻlmaganga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish (129-modda) jinoyatlari uchun jazo choralari ogʻirlashtirilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Oʻrinboyeva xabar berdi. Unga koʻra, Oliy Majlis Senati ishchi guruhi va Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihaci ishlab chiqilgan. Shuningdek, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirgan yoxud uni jinsiy aloqa qilishga majbur etgan yoki fohishalikka jalb qilgan, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlagan shaxslarga nisbatan jazodan tashqari boshqa javobgarlik va taʼsir choralari ham kuchaytirilib. Xususan, ularga nisbatan: – jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish tariqasidagi insonparvarlik aktlari qoʻllanilmasligi; – tamom boʻlmagan jinoyatlar uchun jazo tayinlashda yengillik berilmasligi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, “Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilishi taklif etilgan yangi normaga koʻra, yuqoridagi jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslar voyaga yetmaganlarga xizmat koʻrsatiladigan taʼlim muassasalari va sogʻliqni saqlash muassasalarida ishlashlari taqiqlanadi. Ayni vaqtda Qonun loyihasi boʻyicha jamoatchilikdan kelib tushgan takliflar umumlashtirilmoqda. Hujjat loyihasi belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid