platina.uz
Jamiyat

"Nukus voqealari" boʻyicha yana 39 nafar sudlanuvchining sud jarayoni 6 fevralda boshlanadi

"Nukus voqealari" boʻyicha yana 39 nafar sudlanuvchining sud jarayoni 6 fevralda boshlanadi
2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan 2023 yil 6 fevral kuni soat 10:00 da Buxoro viloyat sudi binosida 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlanadi. Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida koʻrib chiqiladi. Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga koʻra sudlanuvchilar A. Mыrzambetov, D. Nadirbayev, P. Yesengeldiyev, K. Yeshjanov, M. Pirlepesov, A. Sariyev, N. Bauyetdinov, A. Sharapov, O. Mamutov, R. Dosыmbetov, A. Allanazarov, N. Duysenbayev, K. Bekpolatov, R. Baimbetov, Q. Baxiyev, I. Saparov, A. Omirzakov, N. Baylepesov, A. Jumabekov, N. Xabipov, Z. Pirjanov, Z. Tadjimuratov, O. Dosnazarov, T. Ismailov, I. Polatov, Sh. Ashirbekov, D. Ramanov, R. Sultaniyazov, A. Xojanazarov, Ye. Qanaatov, O. Kurbanov, R. Jumabayev, A. Naurыzbayev, N. Genjebayev, I. Aitmuratov, A. Yesemuratov, K. Begaliyev, M. Raxmanov, A. Seytmuratov Jinoyat kodeksining 104, 166, 244, 244-1 va 247-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda. Barcha sudlanuvchilarga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. "Sud jarayoni ochiq tarzda oʻtkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatishga moʻljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan", - deyiladi xabarda.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid