platina.uz
Jamiyat

Metan "zapravkalar" faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyilmoqda

Metan "zapravkalar" faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyilmoqda
Bugun 3-fevral holatiga koʻra, poytaxtimizda 35 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati qayta tiklangani maʼlum qilindi. AGTKShlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning koʻtarilib borishiga mos ravishda oʻzgartirib boriladi. Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan boʻlayotgan uchrashuvda metan «zapravka»larga 5 barobar koʻp gaz yetkazib berilishini maʼlum qildi. Jumladan, sanoat va xizmat koʻrsatishni tiklash uchun, respublika boʻyicha: — kuniga 80 mln kub metr gaz va 126 mln kilo-vatt soat elektr yetkazib beriladi; — bir hafta ichida gaz quyish shoxobchalariga kunlik 5 mln kub metr gaz yetkazib beriladi (hozir – 1 mln kub metr).
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid