platina.uz
Jamiyat

2022 yilda sudda koʻrilgan jinoyat ishlarining eng koʻpi firibgarlikka toʻgʻri kelgan – Oliy sud

2022 yilda sudda koʻrilgan jinoyat ishlarining eng koʻpi firibgarlikka toʻgʻri kelgan – Oliy sud
2022 yil davomida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 75 078 nafar shaxsga nisbatan 58 697 ta jinoyat ishi koʻrib chiqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 1 010 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi, sudlangan shaxslar soni 56 542 nafarni tashkil etib, shundan 17 610 nafar shaxsga ozodlikdan maxrum qilish va 37 503 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 429 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 50 045 nafari erkak, 6 497 nafari ayol, 21 958 nafari yoshlar (shu jumladan 1 773 nafari voyaga yetmagan) va 1 885 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar. 8 453 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi, 26 753 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 10 202 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi va 13 824 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qoʻyilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi. 495 nafar shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan. Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrilgan jinoyat ishlarining aksariyatini firibgarlik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, oʻgʻrilik, oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish, bezorilik, pora berish, qasddan badanga yengil yoki oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish kabi jinoyatlar tashkil etdi. Yarashuv institutining samarali qoʻllanilishi natijasida 15 315 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi. Yetkazilgan 1,3 trln. soʻmdan ziyod moddiy zararning oʻrnini qoplagan 8 719 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlangan. Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatlari tomonidan apellyatsiya tartibida 14 518 nafar shaxsga nisbatan 10 549 ta jinoyat ishlari koʻrib chiqildi. 1 013 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 3 611 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi. Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan kassatsiya tartibida 6 264 nafar shaxsga nisbatan 5 613 ta jinoyat ishlari koʻrib chiqildi. 1 245 nafar shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 534 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi. Shuningdek, kassatsiya instansiyasida 309 nafar shaxsga nisbatan 271 ta jinoyat ishlari takroran koʻrib chiqildi. 180 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 93 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari oʻzgartirildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid