platina.uz
Jamiyat

Toshkentda soxta SES xodimlari paydo boʻlgani aytilmoqda

Toshkentda soxta SES xodimlari paydo boʻlgani aytilmoqda
Toshkent shahar Mirobod tumani «Movarounnahr» mahallasi aholisiga oʻzlarini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman boʻlimi xodimimiz deya tanishtirib, turli hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan shaxslar paydo boʻlgani aytilmoqda.
Toshkent shahar SESning maʼlum qilishicha, oʻzlarini «SES xodimlari» deya tanishtirayotgan firibgarlar aholiga kelib chiqishi nomaʼlum dorilarni sotmoqda. Shu sababli fuqarolarga zararsizlantiruvchi vosita sotayotgan «SES xodimlari»ni uchratganda, xizmat guvohnomasi, qaysi tashkilot yoki boshqarmada faoliyat yuritishi hamda zararsizlantiruvchi vosita sotishga asos soʻrashga haqli ekanligi eslatib oʻtildi. Ushbu shaxslar talab qilingan maʼlumotlarni berishdan boʻyin tovlaganda esa fuqarolar SESning ishonch telefoniga yoki Toshkent shahar boshqarmasining telefon raqamiga xabar berishlari mumkinligi aytildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid