platina.uz
Jamiyat

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Toshkent shahri Mirobod tumanida 2 fevral kuni uchta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, soat 13:30 atrofida “Elektroapparat” zavodi roʻparasida Labo va Matiz ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Shundan soʻng Matiz Spark’ka borib urilgan. Hodisaning dastlabki sababi: Labo haydovchisi harakatlanish ustuvorligiga ega boʻlgan Matiz rusumli avtomashina haydovchisiga yoʻl bermay, burilish manyovrini amalga oshirgan. Toʻqnashuv natijasida Labo rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid