platina.uz
Jamiyat

Samarqand va Kuvayt oʻrtasida aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilmoqda

Samarqand va Kuvayt oʻrtasida aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilmoqda
Quvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi Quvayt va Samarqandni toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlaydi. Quvayt — Samarqand — Quvayt yoʻnalishi boʻyicha muntazam parvozlar Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Birinchi reys 2023 yilning 15 fevraliga moʻljallangan. Muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Eslatib oʻtamiz, Jazeera Airways Oʻzbekistonga parvozlarni 2021 yilda boshlagan. Quvaytdan Toshkentga muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari, Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid