platina.uz
Jamiyat

Rasul Kusherbayev tabiat resurslari vaziri maslahatchisi boʻldi

Rasul Kusherbayev tabiat resurslari vaziri maslahatchisi boʻldi
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirining tegishli buyrugʻi bilan Kusherbayev Rasul Xidraliyevich Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Kusherbayev Rasul Xidraliyevich ushbu tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati boʻlib faoliyat yuritgan. "Tabiat resurslari vaziriga maslahatchi sifatida faoliyatimni davom ettiradigan boʻldim. Endi ona tabiatni asrash yoʻlida mavjud muammolarni hal etish uchun oʻylab yurgan koʻplab rejalarni amalga oshirishga harakat qilib koʻramiz. Eng muhimi jamoatchilikdan, odamlardan uzilish boʻlmaydi. Bundan buyon ham mamlakat rivoji, kelajagi, taqdiri yoʻlidagi masalalarda faol ishtirok etishdan toʻxtamayman. Asosiy ishlar hali oldinda", - deydi Kusherbayev.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid