platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning 6 ta viloyatida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

Oʻzbekistonning 6 ta viloyatida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi
Oʻzgidromet xizmati bergan shoshilinch axborotga koʻra, 2−5 fevral kunlari Qamchiq va Taxtaqoracha dovonlarida qor yogʻib, yaxmalak yuzaga kelishi mumkin. Maʼlum qilinishicha, A-373 Toshkent-Oʻsh avtoyoʻlining Qamchiq dovoni xududida va M-39 Toshkent-Shahrisabz-Termiz avtoyoʻlining Taxtaqoracha (Kitob) dovonidan oʻtgan qismida qor yogʻishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik, tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 15 — 20 m/s gacha kuchayishi, yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, 2−6 fevral kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining sezilarli oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida, jumladan:
  1. Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
  2. Surxondaryo viloyati: Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
  3. Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
  4. Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Boʻstonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining Chimyon togʻlarida;
  5. Namangan viloyati: Pop tumanida;
  6. Fargʻona viloyati: Soʻx, Fargʻona tumanlarida qor koʻchish xavfi elon qilindi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid