Oʻzbekistonda 1 fevraldan qonunchilikda nimalar oʻzgaradi?

- 2023 yil fevraldan advokatlik tuzilmalari advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan anʼanaviy shakldagi order maqomiga teng boʻlgan maxsus QR-kod qoʻyilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyotini yoʻlga qoʻyadi.
- Order muqobillik asosida qogʻoz shaklda rasmiylashtirilganida, ushbu order haqidagi maʼlumotni “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi.
- Advokat soʻrovi shakliga qoʻyilgan talablar, shu jumladan unga orderning koʻchirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.
- 2023 yil 1 fevraldan boshlab mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik subʼektlari palata aʼzoligiga, aʼzolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda tekin qabul qilinadi.
- Qonunda nazarda tutilgan palata tomonidan koʻrsatilishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha pullik xizmatlar bundan mustasno.
- Shuningdek, tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtgan tadbirkorlik subʼektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aʼzo sifatida roʻyxatga qoʻyish uchun Palataga elektron tizim orqali yuboriladi.
- Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi hududiy jamoat fondlari hisobidan Palataning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq, mos ravishda Palata va uning hududiy boʻlinmalariga davlat subsidiyasini ajratish tizimi joriy etiladi.
- 100 dan 300 tagacha ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subʼektlariga – London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida;
- 300 dan 500 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga – 2 foizi miqdorida;
- 500 dan 1000 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga – 3 foizi miqdorida;
- 1000 ta va undan ortiq ish oʻrinlarini yaratganlarga – 4 foizi miqdorida.
