platina.uz
Jamiyat

Olma-otadan Samarqandga parvozlar tiklanmoqda

Olma-otadan Samarqandga parvozlar tiklanmoqda
Qozogʻistonning FlyArystan loukoster aviakompaniyasi Olmaota — Samarqand yoʻnalishidagi reyslarni tiklamoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi. Olma-Ota — Samarqand — Olma-Ota yoʻnalishi boʻyicha birinchi yoʻlovchi reysi 15 martga belgilangan. Reyslar Airbus A320 samolyotlarida haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. FlyArystan — Qozogʻistonning arzon aviatashuvlarni amalga oshiruvchi kompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi Olmaotada joylashgan. Kompaniya Qozogʻistondagi eng yirik Air Astana aviakompaniyasi negizida tashkil etilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid