Dekabr oyida Toshkent shahri koʻchmas mulk bozorida narxlar 3,2 foizga oshdi

Qimmat segmentda esa xonadonning maxsus agentlik yoki xonadon egasining oʻzi tomonidan sotilayotgani muhim ahamiyatga ega boʻlgandi. Buni maxsus agentliklar koʻproq qimmat xonadolar oldi-sotdisida ishtirok etishi va ustama haqining mavjudligi bilan izohlash mumkin. Undan keyingi oʻrinda mebel bilan jihozlanganligi, komissiya olinishi, yangi qurilganligi kabi omillar turishi aniqlandi. Xonadon joylashgan qavat eng oxirgi oʻrinlarda turishini bu segmentning liftlar bilan taʼminlanganligi va kommunal taʼminotida muammolar kamligi bilan izohlash mumkin.
Xulosa sifatida aytganda, yangi qurilayotgan xonadonlar xaridorlarga koʻpincha "quti" koʻrinishida yoki taʼmirtalab holatda topshirilayotganligi inobatga olinsa, xonadon tannarxida yer va ruxsat olish bilan bogʻliq xarajatlar salmogʻi kattaligi maʼlum boʻladi. Chunki, uy fasadi, kirish yoʻlagi, lift qulayliklaridan hamma birdek foydalanadi va toʻlovdagi farq koʻp hollarda xonadon maydoni hisobiga yuzaga kelmoqda. Tegishli ravishda, yer va ruxsat olish bilan bogʻliq boshqa toʻlovlarni kamaytirish xonadonlar narxining pasayishiga olib kelishi mumkin. Masalan, bunday xarajat va xonadonlar narxi oʻrtasidagi bogʻliqlik Amerika Qoʻshma Shtatlarida (Glaeser et al., 2005), Xitoyda (Deng, Gyourko, & Wu, 2012) kuzatilgan. Undan tashqari, qurilish materiallari narxini arzonlashtirish bilan bir qatorda, xaridor va sotuvchilarni birlashtiradigan portallar yaratish orqali vositachilik xarajatlarini kamaytirish ham xonadonlar narxini tushirishda koʻmaklashadi.
Taʼkidlash kerakki, 2023-yilning 26-yanvaridan Qozogʻistonda kuchga kirgan yangi immigratsiya qoidalariga koʻra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirgan mamlakatlarning fuqarolari uchun har 180 kunda faqat 90 kun turishga ruxsat beriladi. Mobilizatsiya eʼlon qilingandan keyin oʻtgan yil oxirigacha rossiyalik 36 ming fuqaro Qozogʻistonga vaqtinchalik joylashgan. Tegishli ravishda, qoʻshni davlatlardagi bunday oʻzgarishlar Oʻzbekistondagi koʻchmas mulk bozoriga taʼsir etmasdan qolmaydi.