platina.uz
Jamiyat

Bugun Oʻzbekistonning 3 ta viloyatida yomgʻir yogʻadi

Bugun Oʻzbekistonning 3 ta viloyatida yomgʻir yogʻadi
Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston boʻyicha havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi,  Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida baʼzida shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10° iliq boʻladi, baʼzi joylarda 12-14° iliqgacha boʻladi. Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 9-11° iliq boʻladi. Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq boʻladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid