platina.uz
Jamiyat

Bosh prokuratura: “Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning murdasi zoʻrlik va qotillik alomatlari bilan topildi”

Bosh prokuratura: “Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning murdasi zoʻrlik va qotillik alomatlari bilan topildi”
Joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zoʻrlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan. Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v,z" bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Maʼlumot oʻrnida, gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oylarida yollanma ishchi sifatida taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan. Mazkur ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan maʼlumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmasligini eslatib oʻtgan Bosh prokuratura.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid