Avval kreditlardan foydalanmaganlar uchun 13 trillion soʻm yoʻnaltiriladigan boʻldi

- kreditlar ustuvor ravishda dasturlar boʻyicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlarga ajratiladi;
- uzoq muddatga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlarini ijaraga olib, dehqon xoʻjaliklari va kichik tadbirkorlik subʼektlariga 50 mln soʻmgacha garovsiz kredit beriladi;
- tadbirkorlarning mahallalarda ishlab chiqarishni, xizmat koʻrsatish sohasini va hunarmandchilikni hamda aholi bilan kooperatsiya va kasanachilikni kengaytirishga yoʻnaltirilgan loyihalari uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomasi asosida ajratiladigan kreditlar miqdori amaldagi 225 million soʻmdan 300 million soʻmgacha oshiriladi.
- dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yoʻlga qoʻygan va kredit toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik subʼektlariga faoliyatini yanada kengaytirishi uchun mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;
- hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra kredit summasining 10 million soʻmgacha boʻlgan qismi (hunarmandlar uchun 20 million soʻmgacha) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) oʻtkazib beriladi.
