platina.uz
Jamiyat

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi muhim chaqiriq bilan chiqdi

AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi muhim chaqiriq bilan chiqdi
AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi Nukus shahrida boʻlib oʻtgan tartibsizliklar doirasida olib borilayotgan jarayonlarga nisbatan hukumatga muhim chaqiriq bilan chiqdi...
“Iyul oyida Qoraqalpogʻistonda sodir boʻlgan fojiali voqealar bilan bogʻliq harakatlarda ayblangan 22 kishiga oid sud oʻz nihoyasiga yetar ekan, AQSh elchixonasi hukumatni jamoatchilik shaffofligi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga va Oʻzbekiston qonunchiligini buzgan har qanday xavfsizlik kuchlari xodimlarini javobgarlikka tortishga chaqirishda davom etadi”.
Eslatib oʻtamiz: Qoraqalpogʻistonning Nukus shahrida 1 iyul kuni fuqarolar namoyishlari boʻlib oʻtgandi. 2022 yil 28 noyabr kuni esa Buxoro viloyat sudi binosida mazkur holat boʻyicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlangan. Kecha 31 yanvar kuni Nukus tartibsizliklarini uyushtirganlarga nisbatan yakunlovchi sud boʻlib oʻtdi va jinoyatda aybdor deb topilgan 22 kishiga sud hukmi oʻqilgani haqida xabar bergandik. AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi 2022 yilning noyabr oyida ham xuddi shunday chaqiriq bilan chiqqandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid