platina.uz
Jamiyat

2 fevraldan barcha hududlardagi gaz «zapravka»lar faoliyati tiklanadi

2 fevraldan barcha hududlardagi gaz «zapravka»lar faoliyati tiklanadi
Sovuq kunlarda tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan edi. Energetika vazirligiga koʻra, bugungi kunda gaz quvurlarida bosim meʼyorga kelmoqda va bu bilan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash imkoni yaratilmoqda.
«Shu sababli, joriy yil 2 fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida AGTKShlar faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi. AGTKShlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi», – deyiladi xabarda. Shuningdek, AGTKShlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning koʻtarilib borishiga mos ravishda oʻzgartirib boriladi», – deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid