platina.uz
Jamiyat

Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Samarqand viloyatida 5 kishi ovqatdan zaharlangan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi matbuot kotibi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, 6 yanvar kuni soat 15:30 atrofida Qoʻshrabot tuman Zarmitan MFY, Zarmitan qishlogʻida yashovchi 1971 yilda tugʻilgan fuqaro N.S. xonadonida yashovchi oila aʼzolaridan, turmush oʻrtogʻi 1972 yil tugʻilgan bemor F.S., shuningdek, 3 nafar farzandi 1996 yilda toʻgʻilgan D.E., 1998 yil tugʻilgan Sh.E. va 2008 yilda tugʻilgan B.E. tuman tibbiyot birlashmasining reanimatsiya boʻlimiga ovqatdan zaharlanish-botulizmga gumon tashxisi bilan yotqizilgan. Qoʻshrabot tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari tomonidan bemorlarning otasi N.S.dan soʻrab-surishtirilganda 2023 yil 5 yanvar kuni soat 17:30-18:00 atrofida oila aʼzolari goʻshtli toʻgʻrama shoʻrva bilan uyda qoʻlbola usulda tayyorlagan pomidor-bodring tuzlamasini isteʼmol qilganligi aniqlangan. 14 yanvar kuni soat 8:30da 1998 yil tugʻilgan Sh.E. koʻrsatilgan reanimatsion yordamga qaramasdan oʻtkir yurak va nafas yetishmovchiligi natijasida “Ovqatdan zaharlanish botulizm bulvar sindromi” asorati “Diafragma va yurak palachi DVS”sindromi tashxisi bilan shifoxonada vafot etgan. 26 yanvar kuni soat 21:30da 1996 yilda tugʻilgan D.E. koʻrsatilgan reanimatsion yordamga qaramasdan oʻtkir yurak va nafas yetishmovchiligi natijasida “Ovqatdan zaharlanish botulizm bulʼbar sindromi” asorati “Diafragma va yurak palachi DVS” sindromi tashxisi bilan vafot etgan. 2008 yilda tugʻilgan B.E.ning ahvoli yaxshilanganligi uchun 17 yanvar kuni reanimatsiya boʻlimidan yuqumli kasalliklar boʻlimiga oʻtkazilgan. Bemor F.S.ning ahvoli yaxshilanib, botulizimga xos klinik belgilari qolmagan. Shifoxonadagi bemorlarga spetsifik, simptomatik va dezintoksikatsion davo muolajalari davom ettirilmoqda. Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʻlimida davolanayotgan 1971 yilda tugʻilgan fuqaro N.S.ning botulizimga xos klinik belgilari qolmaganligi hamda ahvoli yaxshilanganligi sababli 23 yanvar kuni qoniqarli ahvolda uyiga javob berilgan.
"Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi fuqarolardan uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilish oqibatida botulizm kasalligi sodir boʻlishi mumkinligidan ogohlantiradi. Shu sababli qoʻlbola usulda tayyorlangan va sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini isteʼmol qilmaslikni soʻraydi", - deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid