platina.uz
Tahlil

Qoidabuzarlik uchun jarima va bonuslar: haydovchilar munosabat bildirdi

Qoidabuzarlik uchun jarima va bonuslar: haydovchilar munosabat bildirdi
2022 yilning 1 dekabrdan haydovchilar qoidabuzarligi uchun jarima ballarni hisoblash boshlangan edi. Unga koʻra, bir yilda qoidabuzarliklari 12 balldan oshgan haydovchi maʼlum muddatga avtomobil boshqarish huquqidan mahrum boʻladi. Qoida buzmagan haydovchilarga esa bonus ballari beriladi.
Ushbu tizim amalga tatbiq qilinganiga qariyb 2 oy boʻldi. Xoʻsh, bu vaqt oraligʻida haydovchilar qay tartibda harakatlandi?

https://youtu.be/f820aTYdekE Haydovchilarning fikrini oʻrganar ekanmiz, qarashlar turlicha. Kimdir bu tartib toʻgʻri, desa, boshqa birov avval bunga munosib yoʻllarda sharoit boʻlishi kerakligini maʼlum qildi. Bu borada ularning takliflarini inobatga olgan holda ish koʻrilsa, maqsadga muvofiq boʻlardi.
Haydovchilarning yoʻl harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etilishi eng avvalo yoʻl harakati qoidalariga soʻzsiz rioya qilinishini taʼminlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olishga qaratilganligi bilan ayniqsa ahamiyatli. Biz bu borada ichki ishlar bosh boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasidan izoh kutib qolamiz. < p style="text-align: right;">Abbos IMOMOV
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid