platina.uz
Jamiyat

"Oʻzgidromet" 3 ta viloyatda kuchli yogʻingarchilik boʻlishi haqida tezkor axborot eʼlon qildi

"Oʻzgidromet" 3 ta viloyatda kuchli yogʻingarchilik boʻlishi haqida tezkor axborot eʼlon qildi
"Oʻzgidromet" tezkor axborot eʼlon qildi. Unga koʻra, 1-3 fevral kunlari respublikaning 9 viloyatning togʻ va togʻ oldi hududlarida sel xavfi eʼlon qilindi. Maʼlum qilinishicha, 31 yanvar va 1-2 fevralda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. 1-2 fevralda Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida shamol 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Shuningdek, 31 yanvar va 1-2 fevralda respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik, asosan yomgʻir koʻrinishida boʻladi, shuningdek, Samarqand, Jizzax, Toshkent viloyatlarida 1-2 fevral kunlari baʼzi joylarda kuchli boʻladi. 1−3 fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
  • Qashqadaryo viloyati — Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;
  • Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
  • Navoiy viloyati — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
  • Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
  • Toshkent viloyati — Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
  • Namangan viloyati— Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
  • Fargʻona viloyati — Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
  • Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
«Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz», — deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid