platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonning xalqaro Korrupsiyani qabul qilish indeksidagi oʻrni 14 pogʻonaga yaxshilandi

Oʻzbekistonning xalqaro Korrupsiyani qabul qilish indeksidagi oʻrni 14 pogʻonaga yaxshilandi
Transparency International xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksi 2022 yil natijalari eʼlon qilindi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, 180 ta davlat orasida Oʻzbekiston 31 ball bilan 126-oʻrinni egalladi. Ahamiyatlisi mamlakatimiz ballarini 3 taga oshirib, oʻrnini 14 pogʻonaga yaxshilashga (2021 yilda 140 oʻrin) muvaffaq boʻldi. Maʼlumot uchun: Korrupsiyani qabul qilish indeksi 1995 yildan buyon eʼlon qilinib keligandigan davlat tizimida korrupsiyani qabul qilinish darajasini aks etuvchi hamda ekspertlar va ishbilarmonlar soʻrovi asosida shakllanuvchi 13 ta manbalardan tashkil topgan har yillik indeks hisoblanadi. Oʻzbekiston mazkur manbalarning 7 tasi boʻyicha baholanadi. Bunda 0 ball – korrupsiyani qabul qilishda eng yuqori koʻrsatkich, 100 ball – eng past shkala hisoblanadi. Oʻzbekiston mazkur indeksda soʻnggi 6 yil davomida oʻsish suratlarini qayd etayotgan (2017 yilda 22 balldan 2022 yilda 31 ballgacha) davlat sifatida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasining aksilkorrupsiya islohotlarini tizimli ravishda amalga oshirayotgan davlatlar qatorida qayd etildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid