platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 2022 yilda 3116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi

Oʻzbekistonda 2022 yilda 3116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi
2022 yil davomida respublika boʻyicha jami 2.965 ta jinoyat ishi boʻyicha 3.116 nafar mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 110 nafari respublika, 264 nafari viloyat va 2.742 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan. Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 2.103 nafari oʻzganing mulkini oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon - toroj qilish, 265 nafari mansab mavqeini suiisteʼmol qilish, 243 nafari firibgarlik, 169 nafari poraxoʻrlik, 51 nafari mansab soxtakorligi, 22 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 14 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va 249 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan. Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln. 12 mlrd. soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan boʻlib, tergov jarayonida ushbu zararning 847 mlrd. soʻmi undirilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid