platina.uz
Sport

Oʻzbekiston 2022 yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi

Oʻzbekiston 2022 yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi
Oʻzbekistonlik shaxmatchilarning soʻnggi bir yil davomida xalqaro arenalardagi sensatsion gʻalabalari ortidan Oʻzbekiston – yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb eʼtirof etildi. Niderlandiyadagi xalqaro turnir yakunida Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan «Tour D'or» - «Oltin minora» sovrinini qabul qilib olishdi. Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasiga Yevropaning shaxmat sovrinini fransiyalik mashhur grossmeyster Bashar Kuatli topshirdi. Shuningdek, «Tata Steel Chess-2023» musobaqasida Nodirbek Abdusattorovga magʻlubiyatga uchragan norvegiyalik Magnus Karlsen 2022 yilning eng yaxshi shaxmatchisi deb topildi. Hindistonlik Dommaraju Gukesh esa 2022 yilning eng yaxshi yosh shaxmatchisi deb eʼlon qilindi. U 2022 yilgi shaxmat Olimpiadasida Nodirbek Abdusattorovga magʻlubiyatga uchragandi. Har ikki shaxmatchi «Tour D'or» sovrinlariga ega chiqdi. Eslatib oʻtamiz, 2022 yilda Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston birorta ham magʻlubiyatga uchramagan yagona jamoa boʻlib, 188 jamoa ishtirok etgan Olimpiada chempioniga aylangandi. Natijada, ilk marta oʻzbekistonlik 4 shaxmatchi FIDE reytingida TOP-100talikdan joy olgandi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid