platina.uz
Jahon

Koronavirus pandemiyasi yana uch oyga uzaytirildi — JSST

Koronavirus pandemiyasi yana uch oyga uzaytirildi — JSST
Kecha Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasining 14-yigʻilishida koronavirus pandemiyasini yana uch oyga uzaytirish boʻyicha qaror qabul qilindi. Qoʻmita aʼzolari SOVID-19 dan oʻlim koʻrsatkichlari boshqa respirator kasalliklarga nisbatan yuqoriligidan xavotirda ekanligini maʼlum qildi. Qolaversa, past va oʻrta daromadli mamlakatlarda mazkur xastalikka qarshi vaksinalar zaxirasi yetarli emas. Ekspertlar xulosasiga koʻra, dunyo boʻylab ommaviy immunitetni shakllantirish infeksiyani jilovlashga yordam beradi. Biroq koronavirus kelgusida odamlar va hayvonlarda doimiy patogen boʻlib qolishi mumkin. Eslatib oʻtamiz, JSSTning Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi har uch oyda bir marta yigʻiladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid