platina.uz
Jamiyat

Jahongir Ortiqxoʻjayev senatorlar safidan chiqarildi

Jahongir Ortiqxoʻjayev senatorlar safidan chiqarildi
Oʻzbekiston Markaziy saylov komissiyasining 30 yanvardagi qarori bilan sobiq Toshkent shahri hokimi va xalq deputatlarining Toshkent shahar Kengashi deputati Jahongir Ortiqxoʻjayev Oliy Majlis Senati aʼzolari roʻyxatidan chiqarildi. Qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati vakolatlari muddatidan oldin tugatilgani, shuningdek, uning Senat aʼzosi sifatidagi vakolatlarini zimmasidan soqit qilish toʻgʻrisidagi yozma arizasini hisobga olgan holda qabul qilindi. Avvalroq Jahongir Ortiqxoʻjayev deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatilgani xabar berilgandi. Shuningdek, Prezident yigʻilishda Ortiqxoʻjayevni Toshkent shahar hokimligidan ishdan olgani haqida maʼlumot bergandik.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid