platina.uz
Jamiyat

1700 ta hokim qarori noqonuniy deb topildi

1700 ta hokim qarori noqonuniy deb topildi
2022 yilda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq koʻrib tamomlangan sud ishlari soni 4623 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 1700 ta arizasi qanoatlantirilgan. Yaʼni qarorlar noqonuniy deb topilgan. Bu haqda Oliy sud maʼlum qildi. Bunday noqonuniy qarorlar ichida tuman hokimlariga qimmatbaho mashinalarni sotib olish haqidagilari ham bor. Masalan, Surxondaryo sobiq hokimi Toʻra Bobolov Bandixon hokimiga Skoda Kodiaq mashinasini sotib olish haqida hujjat imzolagandi, ammo bu qaror noqonuniy boʻlgani uchun soʻngroq bekor qilingan. Oʻtgan yil davomida maʼmuriy sudlar ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 15347 ta ishni koʻrib chiqqan, 7459 ta fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklangan. Quyi sudlar chiqargan 606 ta qaror bekor qilingan, 76 tasi oʻzgartirilgan. Oliy sud kassatsiya tartibida oʻrganib chiqqan 2982 ta shikoyat va protestlardan 262 tasi bekor qilinib, 6 tasi oʻzgartirilgan. Kassatsiya instansiyasida 56 ta ish takroran koʻrilib, 41 ta sud qarori bekor qilingan va 1 tasi oʻzgartirilgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid