platina.uz
Jahon

Yevropaning yirik aviakompaniyasi bankrot boʻldi

Yevropaning yirik aviakompaniyasi bankrot boʻldi
Yevropaning yirik hududiy avakompaniyalaridan sanalgan Flybe parvozlarni toʻxtatgani haqida Twitter orqali rasman xabar berdi. Manbaga koʻra, kompaniya chiptalar sotishni va parvozlarni toʻxtatgan. Chipta savdolarni toʻxtatish va reyslarni bekor qilish qarori munosabati bilan Flybe deyarli barcha xodimlarini ishdan boʻshatishga majbur boʻldi: Natijada, 321 kishidan 277 nafari ishsiz qoldi. Britaniya aviatashuvchisi Flybe parvozlarni qayta boshlaganidan keyin bir yildan kamroq vaqt oʻtib toʻxtashini eʼlon qildi. 2020 yil mart oyida Flybe koronavirus tufayli yuzaga kelgan ogʻir iqtisodiy vaziyatga dosh bera olmay, bankrot deb eʼlon qildi. Flybe birinchi marta Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida koronavirusga qarshi karantin joriy etilgan 2020 yil martida parvozlarni toʻxtatgan edi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid