platina.uz
Tahlil

Madaniyat vazirligi “Zoʻr TV”da 2,1 mlrd soʻmga bir kunlik tadbir oʻtkazdi

Madaniyat vazirligi “Zoʻr TV”da 2,1 mlrd soʻmga bir kunlik tadbir oʻtkazdi
“Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti sovrindorlarini taqdirlash uchun Madaniyat vazirligi 2,1 mlrd soʻm mablagʻ sarflagan. 1 dona stautetka 7 mln soʻmdan xarid qilingan. Tadbirni oʻtkazish uchun hech qanday tender oʻtkazilmagan, shartnoma toʻgʻridan toʻgʻri tuzilgan. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning 2022 yil 29 dekabrdagi buyrugʻiga koʻra, 2023 yilning yanvar oyida “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofoti sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi oʻtkazilishi belgilangan. Unda, mukofot sovrindorlarini 2023 yil 15 yanvargacha saralash va 25 yanvarda “Zoʻr TV” telekanalining suratga oʻtkazish maydonida oʻtkazish choralari koʻrilishi aytilgan. Yaʼni vazirlik hech qanday tendersiz, toʻgʻridan toʻgʻri shartnoma orqali tadbir oʻtkazgan. 2023 yil 13 yanvar kuni Madaniyat vazirligi va “Zoʻr TV” oʻrtasida 2,1 mlrd soʻmlik shartnoma imzolangan. Ilova qilingan xarajatlar smetasiga koʻra, vazirlik 1 dona statuyetkani 7 mln soʻmdan xarid qilgan. Renessans hol ijarasiga esa 728 mln soʻm toʻlagan. Shuningdek, reklama roligini 146 marta “aylantirish” 327 mln soʻmga tushgan. Madaniyat vazirligining bir kunlik mazkur tadbiri soliq toʻlovchilar uchun 2,1 mlrd soʻmga tushgan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid