platina.uz
Tahlil

Hokimlarning paxta-toʻqimachilik klasterlari ishiga aralashishi qatʼiyan taʼqiqlandi

Hokimlarning paxta-toʻqimachilik klasterlari ishiga aralashishi qatʼiyan taʼqiqlandi
“Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–23-son, 26.01.2023 y.) qabul qilindi Qarorga koʻra, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, ularning taʼsischilarini yigʻilishlar va boshqa tadbirlarga chaqirish, fermerlar bilan boʻladigan munosabatlariga taʼsir oʻtkazish qatʼiyan man etiladi; Shuningdek, paxta-toʻqimachilik klasterlariga toʻrt tomonlama bitim doirasida olingan majburiyatlardan tashqari qoʻshimcha majburiyatlarni yuklash taqiqlanadi. 2023 yil hosilidan har yili 1 oktabrgacha paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan fermer xoʻjaliklari bilan kelgusi yil hosili uchun paxta yetishtirish boʻyicha fyuchers shartnomalari tuziladi (2023 yil hosili uchun 2023 yil 1 fevralga qadar). Qarorga koʻra, shuningdek, 2023 yildan: 🔸 xorijdan olib kelingan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ular qiymatining 30 foizi qoplab beriladi; 🔸 paxta yetishtiriladigan maydonlarni nasos orqali sugʻorishda sarflanadigan elektr energiyasi xarajatlarining 50 foizigacha qismi qoplab beriladi. 2025 yil 1 yanvargacha import qilinadigan ayrim mineral oʻgʻitlarga bojxona bojining “nol” stavkasi qoʻllaniladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid