platina.uz
Jamiyat

Bosh vazir muhim masalada yigʻilish oʻtkazdi va masʼullarga topshiriq berdi

Bosh vazir muhim masalada yigʻilish oʻtkazdi va masʼullarga topshiriq berdi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sel oqimlari, toshqinlar va koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha ustuvor vaziflar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. “Oʻzgidromet”ning maʼlumotiga koʻra, shu haftadan havo harorati kunduzi +10 darajagacha va kechalari +3 darajagacha koʻtariladi. Hatto, togʻ oldi va togʻli hududlarda 2-7 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda. Havo haroratining koʻtarilishi – qor va muzlar erishini tezlatib, sel, koʻchki va suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimolini yanada kuchaytiradi. Yigʻilishda mavjud holat hududlar kesimida chuqur tahlil qilinib, yuzaga kelishim mumkin boʻlgan salbiy hodisalarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar hamda hokimliklar rahbarlariga topshiriqlar berildi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga asosan sel oqimlari, toshqinlar va koʻchki hodisalari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha doimiy shtab tashkil etildi. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 18 noyabrdagi 426-son qarorlariga asosan Toshqinga qarshi Hukumat hamda hududiy komissiyalar tuzilgan va ularning asosiy vazifasilari belgilangan. Vazirlar Mahkamasida oʻtgan yigʻilish bayoni bilan ushbu Komissiya aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlariga biriktirildi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid