platina.uz
Jamiyat

Azimut aviakompaniyasi Sochidan Buxoroga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

Azimut aviakompaniyasi Sochidan Buxoroga parvozlarni yoʻlga qoʻydi
30 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 00:40 da Rossiyaning Azimut aviakompaniyasining Sochidan uchgan samolyoti «Buxoro» xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Sochi — Buxoro — Sochi yoʻnalishi boʻyicha charter reyslar Sukhoi Superjet 95 samolyotida haftada bir marta — yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Eslatib oʻtamiz, Azimut aviakompaniyasi Mineralniye Vodidan Toshkent, Samarqand, Qarshi, Navoiy, Urganch, Buxoro xalqaro aeroportlariga, Fargʻona va Namanganga esa charter reyslarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, Rossiya aviatashuvchisi Toshkent va Samarqandni Moskvaga muntazam qatnovlar bilan bogʻlagan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid