platina.uz
Jamiyat

Andijondagi koʻp qavatli uyda gaz portladi

Andijondagi koʻp qavatli uyda gaz portladi
Andijon shahridagi 4 qavatli uyda joylashgan xonadonlarning birida 30 yanvar kuni gaz-havo aralashmasining chaqnash sodir boʻldi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, voqea 30 yanvar kuni soat 14:55 larda Andijon viloyati Andijon shahar 1-kichik dahada joylashgan 4 qavatli uy 24 uy 50 xonadonda gaz-havo aralashmasining chaqnash sodir boʻlgan. Chaqnash oqibatida fuqarolarni tan jarohatini olish holatlari qayd etilmadi. Voqea joyiga zudlik bilan shahar FV boʻlimi xodimlari va 1 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari, Prokuratura, IIB, SSB, hamda “Hududgaztaʼminoti” hodimlari chiqishgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid