platina.uz
Jamiyat

Nukusdagi koʻp qavatli uyda gaz portladi

Nukusdagi koʻp qavatli uyda gaz portladi
Bugun, 29 yanvar kuni soat 16:15 atrofida Nukus shahri «Temir jol» MFYda joylashgan 4 qavatli uyda havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Natijada, uydagi bir nechta xonadonlarning tom va pol qismlari oʻpirilib, 4-qavatdan 1-qavatgacha tushib ketgan. Shuningdek, voqea natijasida 2 nafar fuqarolar yengil tan jarohati bilan shahar shifoxonasiga joylashtirilganligi bildirilgan edi, ikkala jabrlangan fuqarolar zaruriy tibbiy hamda psixologik yordamni olishgan va ayni vaqtda ular shifoxonadan chiqarilgan. Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va tegishli idoralar tomonidan binoning qulagan konstruksiyalarini tozalash ishlari olib borilmoqda. Hodisa joyiga Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesining raisi Amanbay Orinbayev va Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov yetib bordi.
"Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vaziri tomonidan nazoratga olingan. Hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi", — deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid