platina.uz
Jamiyat

Nomaʼqul harakatlari sabab Toshkent viloyati imom-xatib ishdan olindi

Nomaʼqul harakatlari sabab Toshkent viloyati imom-xatib ishdan olindi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov arab tili kursida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining mazkur yoʻnalishdagi buyruqlari, ichki tartib qoidalari hamda mehnat majburiyatlariga rioya etmagan. 28 yanvar kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasi yigʻilishida Toshkent viloyati Toshkent tumani “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov masalasi koʻrib chiqildi. Unda imom-xatibning ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab boʻlgan arab tili kursidagi xatti-harakatlari muhokama qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati xabar berdi. Yigʻilishda imom-xatibning mazkur holati imomlik maqomiga mutlaqo toʻgʻri kelmasligiga alohida urgʻu qaratildi. Ayniqsa, ichki meʼyoriy hujjatlarda belgilangan “fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilish”, va “oʻzining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini koʻrish” degan bandlarning A.Bahromov tomonidan qoʻpol ravishda buzilishi deb baholandi. Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi diniy soha xodimlarini jamiyatda oʻzini tutishi, odamlar bilan munosabatda namuna koʻrsatishi, imomlik maqomiga munosib boʻlishi borasida muntazam tushuntirish ishlarini olib boradi. Afsuski, Avazxoʻja Bahromov mazkur xatti-harakati bilan meʼyoriy hujjatlar talablarini qoʻpol ravishda buzib, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining mazkur yoʻnalishdagi buyruqlari, ichki tartib qoidalari hamda mehnat majburiyatlariga rioya etmagani maʼlum boʻldi. Ichki nazorat komissiyasi Toshkent viloyati Toshkent tumani “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromovni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida xulosa qildi. Shuningdek, bunday shaxslarga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida oʻrin yoʻqligi alohida taʼkidlandi. Ayni kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Avazxoʻja Bahromovning mazkur xatti-harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan ish olib bormoqda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid