platina.uz
Sport

Nodirbek Abdusattorov «Tata Steel Chess-2023» musobaqasini 2-oʻrinda yakunladi

Nodirbek Abdusattorov «Tata Steel Chess-2023» musobaqasini 2-oʻrinda yakunladi
Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida «Tata Steel Chess-2023» turniri yakuniga yetdi. Bugun turnirning soʻnggi 13-turida Nodirbek Abdusattorov mezbon shaxmatchi Yorden van Forestga qarshi bahs yuritib, imkoniyatni boy berdi. Natija, hamyurtimiz musobaqani 8 ochko bilan 2-oʻrinda yakunladi. Soʻnggi turdagi muvaffaqiyati evaziga 8,5 ochko jamgʻargan niderlandiyalik Anish Giri esa «Tata Steel Chess-2023» «Masters» guruhi gʻolibiga aylandi. Javohir Sindarov 13-turda boshqa bir mezbon Tomas Beyerdsenni magʻlubiyatga uchratib, 8,5 ochko bilan 3-oʻrinni egalladi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid