platina.uz
Jamiyat

Azal aviakompaniyasi Boku va Urganch oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻydi

Azal aviakompaniyasi Boku va Urganch oʻrtasida parvozlarni yoʻlga qoʻydi
Ozarbayjonning Azal aviakompaniyasining 28 yanvardan Bokudan Urganchga parvozlarni boshladi. Bu haqda Uzbekistan Airports mabuot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, Boku—Urganch—Boku yangi yoʻnalishi boʻyicha muntazam reyslar haftada bir marta — shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Urganch Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan Oʻzbekistondagi toʻrtinchi shahar boʻldi. Bokudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Bokudan Samarqandga — seshanba va payshanba kunlari. Bokudan Fargʻonaga — payshanba kunlari. Maʼlumot uchun, 1992 yilda tashkil etilgan Ozarbayjon havo yoʻllari (Azal) aviakompaniyasi yirik aviatashuvchi boʻlib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega boʻlgan MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatidagi yetakchilardan biri hisoblanadi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid