platina.uz
Jamiyat

Toshkent viloyatidan «Mashinasozlar» metro bekatiga ekspress avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi

Toshkent viloyatidan «Mashinasozlar» metro bekatiga ekspress avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi
Toshkent viloyati Parkent shahridan yoʻlovchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri poytaxtdagi metro bekatiga yetkazib qoʻyuvchi ekspress avtobus yoʻnalishi tashkil etildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ekspress avtobus Parkent avtoshohbekatidan Yangi Oʻzbekiston bogʻi orqali «Mashinasozlar» metro bekatiga qadar harakatlanadi. Yoʻnalishda qatnovlarni tashkil etish maqsadida «Parkent ATS» MChJ tomonidan 5 ta yangi Isuzu NP 26 avtobuslari sotib olindi. Yoʻnalishga jami 8 dona avtobus biriktirilgan. Qatnovlar tonggi soat 5:50 dan boshlanadi. Avtobuslar 15 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi. Qatnov davomida ekspress avtobus faqatgina Yangibozor avtoshohbekatida toʻxtab oʻtadi. Masofasi 35 kilometr boʻlgan ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 6000 soʻm etib belgilangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid