platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda 2022 yilda davlat byudjetiga 46,2 trln soʻm bojxona toʻlovlari undirilgan

Oʻzbekistonda 2022 yilda davlat byudjetiga 46,2 trln soʻm bojxona toʻlovlari undirilgan

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati rahbari v.b. Husan Tangriyev maʼlum qildi:

Xususan, 2022 yilda davlat byudjetiga 46,2 trln soʻm miqdorida bojxona toʻlovlari undirildi va belgilangan reja 114 foizga bajarildi.

Tadbirkorlik subʼektlarini qullab-quvvatlash maqsadida bojxona toʻlovlaridan 56,6 trln soʻm miqdorida imtiyoz va tarif preferensiyalari qoʻllanildi.

Shuninglek, bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash tartibotlari soddalashtirilib, oʻtgan yilda tadbirkorlar 5,6 trln soʻm miqdoridagi bojxona toʻlovlarini toʻlashda ushbu imkoniyatdan foydalanishdi.

Respublikamiz bojxonachilari tomonidan 2022 yilda aniqlanga 17 mingdan ortiq bojxona qonunbuzilishi holatlarida 844 mlrd soʻmlik tovarlarning noqonuniy harakatiga chek qoʻyildi.

Oʻtgan yilda 749 kg. ogʻirlikdagi giyohvandlik vositalari ushlab qolindi. Mazkur koʻrsatkich 2021 yilga nisbatan 42 foizga oshgan. Shuningdek, 316 ming dona kuchli taʼsir qiluvchi dorilar, 5,3 ming dona psixotrop moddalar qonunbuzarlardan olib qoʻyildi.

Bundan tashqari qiymati 14,6 mlrd soʻmlik 38 kg.dan ziyod tilla va boshqa zargarlik buyumlari aniqlandi. Bu koʻrsatkich 2021 yilga nisbatan          5 foizga koʻp deganidir.

Shuningdek, bojxona chegaralari orqali 2021 yilga nisbatan 6,7 barobarga koʻp miqdorda, yaʼni 4,5 mln dollarga teng naqd xorijiy valyutalar ushlab qolindi.

Bojxona organlarining tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlari natijasida        2022 yilda qiymati 19,8 mlrd soʻmlik 1 mln. 620 ming quti tamaki mahsulotlari ushlab qolindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid