platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari endi ikki davlatga ID-karta orqali oʻtishlari mumkin boʻladi

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari endi ikki davlatga ID-karta orqali oʻtishlari mumkin boʻladi
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi davomida 2006 yil 3 oktabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida imzolangan fuqarolarning oʻzaro borib-kelishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Bayonnoma ham almashinildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi. Unga koʻra, endilikda Oʻzbekistonning barcha fuqarolari Qirgʻizistonga, xuddi shunday Qirgʻiziston fuqarolari Oʻzbekistonga ID-karta orqali kirishlari mumkin boʻladi (ilgari faqat xorijga chiqish pasporti bilan mumkin edi). Fuqarolarning chegaradan kirish-chiqishi haqidagi maʼlumotlar elektron tarzda qayd etiladi, pasportga shtamp bosishga hojat qolmaydi. Ushbu yengillik istalgan transport orqali (samolyot, poyezd, avtomobil, avtobus va hk) chegarani kesib oʻtishda amal qiladi. Mazkur tartib imzolangan hujjatlar ikkala davlat tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan soʻng kuchga kiradi. Bu taxminan 1-2 oy vaqt olishini maʼlum qilishmoqda. Ushbu tartib ayniqsa Oʻzbekistonning eksklav hududlari boʻlgan Soʻx, Shohimardon, Choʻngʻara kabi hududlaridagi yurtdoshlarimiz uchun katta yengillik boʻladi, ularning chegaradan oʻtishlaridagi ortiqcha byurokratiyaga chek qoʻyadi. Eslatib oʻtamiz, bugungi kungacha hali birorta davlat bilan ID-karta orqali oʻzaro borib-kelish tartibi yoʻlga qoʻyilmagan edi. Qirgʻiziston birinchisi boʻldi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid