platina.uz
Jamiyat

Jahongir Ortiqxoʻjayev deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatdi

Jahongir Ortiqxoʻjayev deputatlik vakolatini muddatidan oldin tugatdi
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev shahar kengashi deputatligi muddatidan oldin tugatildi. Tegishli qaror 27 yanvar kuni shahar kengashi tomonidan qabul qilingan. Bu haqda ikki mustaqil manba, jumladan, yigʻilishda qatnashgan deputatlardan biri «Gazeta.uz»ga maʼlum qildi. Maʼlum qilinishicha, sobiq hokimning oʻzi vakolatini tugatishni soʻrab ariza yozgan. Qonunchilikka koʻra, senator va kengash deputati vakolat muddati davomida daxlsizlik huquqiga ega. Jahongir Ortiqxoʻjayev 2020 yil yanvar oyida OʻzLiDeP partiyasidan 48-saylov okrugidan Kengash deputati, soʻngra besh yillik muddatga senator etib saylangan edi. Uning vakolat muddati 2025 yilning yanvarigacha hisoblangan.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid