platina.uz
Jamiyat

Gulistonda gaz chaqnashidan bir kishi jarohatlandi

Gulistonda gaz chaqnashidan bir kishi jarohatlandi
26 yanvar kuni Guliston shahar "Namuna" MFY Al-Xorazmiy koʻchasidagi 62-xonadonda tahminan havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq hodisa sodir boʻlgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Hodisa oqibatida yongʻin sodir boʻlmagan, xonadon oshxonasining kirish eshigi va derazasi qisman shikastlangan hamda 1 nafar fuqaro tan jarohati olib shifoxonaga yuborilgan. Hozirda ushbu hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
"Barcha fuqarolarimizdan xonadonlarni isitishda xavfsizlik talablariga rioya etishlarini hamda gaz moslamalarini eʼtiborsiz qoldirmasliklarini soʻrab qolamiz", deyiladi xabarda.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid